Italiyadagi “Rigopiano” mehmonxonasi qor ko‘chkisi ostida qolishi oqibatida qurbonlar soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Avvalroq tabiiy ofatda halok bo‘lgan 5 kishining jasadi topilgani ma’lum qilingandi. 23-yanvar, dushanba kuni tushdan so‘ng ikki erkak va bir ayol jasadi topildi. 20 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, 11 kishi omon qolgan.
Mazkur mehmoxona egasi Bruno di Tommazo ko‘chkidan bir necha soat avval (u bu paytda Adriatika dengizida bo‘lgan) rasmiylarga istiqomat qiluvchilarni evakuatsiya qilish uchun yo‘llarni tozalashni iltimos qilib, shoshilinch maktub yo‘llagani bildirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)