Braziliyada sariq bezgakka chalinganlar soni 60 kishidan oshib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Foto: AP
Globo telekanaliga ko‘ra, Minas-Jerays shtati sog‘liqni saqlash vazirligi 58 nafar bemorda mazkur virus mavjudligini tasdiqladi, ulardan 32 nafari olamdan o‘tdi. Yana 391 holatda tashxis uzil-kesil qo‘yilmagan, batafsil tahlillar o‘tkazilganidan 20—30 kun o‘tib aniqlanishi kutilmoqda. Shtatda kasallik tarqalishi tufayli favqulodda holat e’lon qilindi.
Avvalroq qo‘shni San-Paulu shtatida sariq bezgak kamida 3 kishini hayotdan olib ketgani ma’lum bo‘lgandi. Ushbu mintaqada shifokorlar 10 kishida xavfli kasallik alomatlarini aniqladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)