Suriya hukumati delegatsiyasining rahbari Bashar Jaafariy Ostonadagi inqirozni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda Suriya muxolifati vakili Muhammad Allyushni uchrashuvni barbod qilishga urinishda aybladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Allyushning bayonoti muzokaralarni barbod qilishga qaratilgan edi. Bizni terrorchilik guruhlari vakilining bayonoti yomon ma’noda hayratda qoldirdi, u o‘z nutqida diplomatik tildan uzoqlashdi”, — dedi siyosatchi.
Bundan tashqari, u Turkiyani terrorchilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
Avvalroq Allyush Suriya hukumati va Eron Rossiyaning Bashar Asad hukumatiga nisbatan betaraflik saqlashga urinishlarini yo‘qqa chiqarishga intilayotganini aytgan edi.
Izoh (0)