AQSh prezidenti Donald Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Melanya mamlakatning birinchi juftligi sifatida ilk bor raqsga tushdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Raqs inaugatsiya kuni kechki payt, Trampning lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan balda ijro etildi. Juftlik Frenk Sinatraning My Way (“Mening yo‘lim”) qo‘shig‘iga raqsga tushdi.
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens rafiqasi Karen bilan va Trampning farzandlari ham keyinchalik ular qatoriga qo‘shildi.
https://youtu.be/ilXfO48WES8
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)