YuNESKO bosh direktori Irina Bokova IShID jangarilari tomonidan Palmirada Rim amfiteatrining bir qismi va tetrapilon — to‘rtta peshayvonli inshootlar majmuasi buzib tashlanganini “yangi harbiy jinoyat” deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Yodgorliklarning yo‘q qilinishi Suriya xalqi va butun insoniyat uchun o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotish hisoblanadi. Jangarilar nafaqat insonlar, balki madaniy yodgorliklarni ham yo‘q qilib, Suriya xalqini o‘tmishi va kelajagidan mahrum etishni istaydi.IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.Irina Bokova, YuNESKO bosh direktori
Izoh (0)