O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga Tehron shahrida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Davlatimiz rahbari o‘z maktubida samimiy ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini yetkazishni so‘radi hamda jarohat olganlarni qisqa muddatda sog‘ayishini tiladi”, — deyiladi TIV axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)