O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaga Gran-Sasso-d’Italiya tog‘li massividagi qor ko‘chishi oqibatida insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga samimiy hamdardlik va qayg‘udoshlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi”, — deyiladi TIV axborotida.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, Markaziy Italiyada chorshanba kuni kuchli yerosti silkinishlari sabab ichida 34 kishi bo‘lgan bir mehmonxona qor ko‘chkisi ostida qolib ketgan. OAV axborotiga ko‘ra, qutqaruvchilar omon qolgan olti kishini topgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)