Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida 19-yanvar, payshanba kuni xalq bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda viloyat hokimi, prokurori, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va barcha mutasaddi tashkilot, idora rahbarlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
“Tadbirdan maqsad, davlat idoralari rahbarlarining xalqqa yaqin bo‘lib, kundalik hayotdagi mavjud muammolarni qonun doirasida hal qilish, amaliy yordam ko‘rsatish, huquq va manfaatlarini himoya qilib, adolat mezonini qaror toptirishdan iborat”, — deyiladi axborot xizmati xabarida.
Sayyor qabullar davom etmoqda. Shunday uchrashuvlar joylarda, mahallalarda tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i boshchiligida ham o‘tkazilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)