Respublikachi senator Jon Makkeyn AQSh Rossiya bilan aloqalarni qurishda prezident Ronald Reygan sobiq ittifoqqa nisbatan amal qilgan “kuch orqali tinchlik” tamoyiliga qaytishi kerakligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Makkeyn Trampning maslahatchilari, shu jumladan Pentagon rahbarligiga nomzod Jeyms Mettis saylangan prezidentni qat’iy pozitsiyani egallashga ko‘ndira olishiga umid qilmoqda.
“Biz badxulqlikni mukofotlay olmaymiz, biz Ronald Reyganning “tinchlikka kuch orqali” tamoyiliga qaytishimiz kerak. Kuch yig‘ib, so‘ng u (Putin) bilan aloqani tartibga keltirishimiz kerak — bu o‘z maqsadimizga erishishning yagona yo‘li”, — degan fikrda senator.
Izoh (0)