AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp qator yirik kompaniyalar aynan u sababli biznesini Amerikaga qaytarishga qaror qilgan deb hisoblamoqda. Bu haqda u 18-yanvar, chorshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Mutlaqo biryoqlama bo‘lgan NBC telekorporatsiyasi Ford, General Motors, Lockheed va boshqa kompaniyalarning AQShga ish o‘rinlarini qaytarishi haqidagi bildiruvlari Trampga umuman aloqasi yo‘qligini isbotlashga urinishi navbatdagi yolg‘on xabarlardir. Real faktlarni bilish uchun ushbu kompaniyalar bosh direktorlariga murojaat qiling. Ular men tufayli qaytdi!Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp “g‘irrom OAVlarga qarshi turish uchun” Twitter’da yozishga majbur ekanligini ma’lum qilgandi.Donald Tramp, AQShning saylangan prezidenti
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)