18-yanvar, chorshanba kuni Italiya markazidagi Abrutsso viloyatida joylashgan Gran-Sasso tog‘li massivida qor ko‘chib, Rigopiano di Farindola mahalliy mehmonxonasini to‘liq bosib qoldi, deb yozadi “RIA Novosti”. O‘sha vaqtda mehmonxonada 20 dan ortiq kishi bo‘lgani taxmin etilmoqda.
Falokat signalini mehmonxonaning ikki mijozi bergan. Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, ular har qanday yo‘l bilan inshootgacha yetib borishga urinmoqda. Mehmonxona mijozlari va xodimlari telefonlari javob bermayapti.
Prefektura ma’lumotlariga ko‘ra, 18-yanvar holatiga Rigopiano di Farindola mehmonxonasida 20 kishi ro‘yxatdan o‘tgan (xodimlardan tashqari), xodimlar soni esa aniq aytilmayapti.
Izoh (0)