London vokzaliga Xitoydan birinchi yuk poyezdi yetib keldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Londonga yo‘l davomida poyezd Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Polsha, Germaniya, Belgiya va Fransiya chegaralarini bosib o‘tdi. Londonda uni Xitoyning Buyuk Britaniyadagi elchixonasining rasmiy vakillari, shuningdek, savdo vakillari kutib oldi.
Buyuk Britaniya Xitoy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l qatnovini o‘rnatgan 18-mamlakat bo‘ldi, bu Xitoyning G‘arbiy Yevropa bilan savdo aloqalari kuchayishiga yordam berishi kerak.
Izoh (0)