Hindistonda yordamchi elektr stansiyasi qurilishiga qarshi noroziliklar chog‘ida ikki kishi o‘ldirildi va 10 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Hodisa G‘arbiy Bengaliya shtatida, Bxangar shahrida ro‘y berdi. Qo‘shni qishloqlarning yuzlab aholisi qurilishdan norozi ekanliklarini bildirish uchun yo‘llarni to‘sdi va avtomobil pokrishkalarini yoqdi. Politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va bambuk to‘qmoqlarni qo‘lladi.
Shifokorlar o‘qotar quroldan yaralangan ikki dehqon shahar kasalxonalarida olamdan o‘tganini ma’lum qildi. Biroq politsiyachilar namoyishchilarga o‘q uzilganidan qat’iyan bosh tortmoqda.
Bxangar yaqinida yordamchi elektrstansiya qurilishi uchun 6 gektar yer ajratilishi rejalashtirilgandi. Biroq mahalliy dehqonlarni hukumat taklif etgan tovon puli qoniqtirmagani uchun loyihadan norozilik bildirildi. Namoyishlardan so‘ng shtat rasmiylari qaroriga ko‘ra qurilish muzlatildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)