Kot-d’Ivuar hukumati va harbiy isyonchilar kelishuvga erishdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Reuters agentligiga ko‘ra, isyonchilar va mamlakat mudofaa vaziri Alan-Richard Donvaxi boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi o‘rtasidagi kelishuv Buake shahrida tuzildi.
Eslatib o‘tamiz, maoshlari oshirilishi hamda turmush sharoitlari yaxshilanishini talab qilayotgan isyonchilar o‘tgan haftada 540 ming kishi yashaydigan, aholi soni bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinda turadigan Buake shahrida nazorat o‘rnatgan va qurol-yarog‘ omborini egallab olgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)