Damashq tashqarisidagi Vadi-Barada vodiysida Suriya hukumati va muxolifatchi guruhlar o‘rtasida tuzilib, Suriya poytaxtini suv bilan ta’minlashni qayta tiklash imkonini beruvchi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitimni BMT ma’qullaydi. Bu haqda jahon tashkiloti matbuot xizmati vakili Eri Kaneko ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Biz Vadi-Baradaga tegishli bitim haqidagi xabarni ma’qullaymiz. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat va Suriyaning Qizil Yarimoy hamjamiyati muhandislari ushbu tumanga buloqlarga va infratuzilmaga yetkazilgan zararni baholash va u yerda tezroq ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun yetib keldi”, — dedi u.
Ayni paytda shaharda aholi ehtiyojining bor-yo‘g‘i 30 foizini qondirish uchun yetarli bo‘lgan suv zaxiralari mavjud.
“Jibhat an-Nusra” terrorchilari tomonidan o‘tgan yil dekabrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari natijasida Suriya poytaxti ichimlik suvi manbalarining 80 foizidan ajralib qoldi. Jangarilar bosh vodoprovodni portlatish bilan birga, uni dizel yoqilg‘isi bilan ifloslantirdi.
Izoh (0)