Dublin oliy sudi 27-yanvargacha britaniyalik huquqshunos Jolion Moem tomonidan berilgan, mamlakatning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi jarayoni rasman boshlanganidan keyin ham Brexit’ning bekor qilinishi imkoniyati haqidagi da’vo bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshlaydi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Britaniyaning Yevroittifoqda qolishi tarafdori bo‘lgan soliq masalalari bo‘yicha londonlik huquqshunos 2016-yil oxirida sudga murojaat qilgan, unga ko‘ra, Yevropa sudi Britaniya bir tomonlama tartibda, Yevroittifoqning qolgan 27 a’zosi roziligisiz, Brexit’ni bekor qila olish-olmasligini aniqlashi kerak edi.
Sud ishini boshlash uchun Moem va uning tarafdorlari 48 soat ichida 70 ming funt sterlingga yaqin mablag‘ to‘pladi. Ish bo‘yicha da’vogarlar ism-shariflari oshkor etilmayotgan bir necha britaniyalik siyosatchilardir.
Izoh (0)