• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Dunyodagi eng katta — Evergrande International Football School futbol akademiyasi qanday vujudga keldi?

    O‘z vaqtida kelishilgan o‘yinlarda ayblanib, Xitoy quyi divizioniga tushirib yuborilgan “Guanjou Evergrand” futbol klubining oyoqqa turishi uchun baquvvat homiy yordami kerak bo‘ldi. Mana shunday bir paytda mamlakatda yoshlar futboliga e’tibor qaratishda yetakchilardan biri bo‘lgan Syuy Szyain katta sahnaga chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Syuy Szyain Evergrande Group rahbari hisoblanadi. Xitoydagi eng ulkan kompaniyaga boshchilik qiladigan developerning boyligi taxminan 7 milliard dollarni tashkil qiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2010-yilga kelib Syuy Szyain katta tavakkalga qo‘l urdi va muammolar botqog‘ida yotgan “Guanjou Evergrand” futbol klubini sotib oldi. Uni oyoqqa turg‘izish uchun esa kuchli xorijlik futbolchilar xizmatidan foydalanildi. Bunda milliarder asosiy e’tiborni murabbiyga qaratgani holda, italiyalik Marchello Lippiga 10 million yevro yillik maosh taklif qildi va maqsadiga erishdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Sarf etilgan millionlar o‘zini oqladi. “Guanjou Evergrand” nafaqat super ligaga qaytib keldi, balki mamlakat chempionligini ham qo‘lga kiritdi. 2013-yilga kelib esa jamoa Osiyo chempionlar ligasida zafar quchdi, 2015-yilgi mavsum bu ish yana takrorlandi. Bunga qadar Xitoy klublari Osiyo tasnifidagi musobaqalarda 23 yildan buyon zafar quchmayotgandi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Guanjou Evergrand” shu qadar katta tezlikda rivojlanib bordiki, oxir-oqibat Alibaba Group asoschisi Jek Maning e’tiboriga tushdi. Boyligi taxminan 30 milliard dollar deb qaraladigan Ma “Guanjou Evergrand”ning 50 foiz aksiyasini 192 million dollarga sotib oldi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Syuy Szyain klubning bu muvaffaqiyatlaridan ko‘ra ko‘proq, Gunchjoudan 80 kilometr uzoqlikda qurilgan futbol akademiyasi bilan faxrlanadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2012-yil sokingina Sinyuan shaharchasida Evergrande International Football School akademiyasiga asos solindi. Milliarder uning qurilishi uchun ba’zi manbalarda 115 million funt, boshqasida esa 150 million funt sarflagani ko‘rsatilgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu dunyodagi eng katta futbol maktabi bo‘lib tarixga kirdi. Unda doimiy ravishda 2,5 ming o‘quvchi sport, asosan futbol sir-asrorlarini o‘rganadi. 50 ta tabiiy chimli maydon, 30 ta sun’iy qoplamali manejlar, olimpiya talablari asosidagi ochiq havodagi basseyn, supermarket, kinoteatr, kutubxona, o‘yin o‘tkazish uchun katta stadionni bunda uchratish mumkin. Akademiyaning 500 nafar ishchi-xodimi va murabbiylari istiqomat qilishi uchun 4 ta minora qad rostlagan. Bularning barchasini barpo qilish uchun Syuy Szyainga 1 yilgina vaqt kerak bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Akademiyaning kirish qismida 4 metr balandlikdagi jahon kubogi qad rostlagan. Bu yosh futbolchilarni asosiy maqsad — jahon chempioni bo‘lish uchun ilhomlantiradi. Unga yaqin joyga o‘rnatilgan Pele va Bobbi Mur haykallari esa kimdan o‘rnak olish kerakligini bildiradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Akademiya o‘quv binolariga Sokrates, Platini, Maradona kabi yulduzlar aks etgan suratlar ilib qo‘yilgan. Syuy Szyain falsafasiga ko‘ra, agar bolakaylar kimgadir o‘xshashni orzu qilsa, o‘sha kimdir faqat eng zo‘rlar bo‘lishi kerak.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Maktabimiz menga Xogvartsni eslatadi. Bosh bino xuddi “Garri Potter”dagi kabi qurilgan”, — hikoya qiladi akademiyaning futbolchi bo‘lish orzusidagi 12 yoshli tarbiyalanuvchi qizi. Darhaqiqat, binolar dizayni bolakaylarni o‘ziga rom qilib qo‘yadi. Ular oqshom vaqtidan to tong yorishguniga qadar ko‘k rangda yonib, bir necha kilometr uzoqlikdan ko‘rinib turadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bunday ta’lim maskanida bo‘lish baxti hammaga ham nasib qilavermaydi. Akademiyaning yillik to‘lovi 5 800 AQSh dollarini tashkil qiladi. Agar kimdadir buncha pulni to‘lash imkoni bo‘lmasa, yechimi bor: maxsus tashkil etilgan xayriya fondi o‘z yordamini ayamaydi. Sharti — bolakayda oz bo‘lsa-da iqtidor bo‘lishi kerak.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Evergrande International Football School’ning asosiy maqsadi 8—10 yillardan keyin “Guanjou Evergrand”ga saviyali futbolchilarni tarbiyalab berish. Shundagina klub jahon yulduzlari uchun millionlar sarflamay ham, o‘z maqsadi sari olg‘a bosaveradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    To‘g‘ri, bunday futbolchilarni tarbiyalash uchun Xitoyda malakali mutaxassislar yo‘q. Biroq bu muammodan qochish uchun sabab bo‘la olmaydi. Ispaniya, Argentina va Portugaliyadan yoshlar futbolini yaxshi tushunadigan murabbiylar olib kelindi. Ularning ayrimlari “Real Madrid”ga qarashli futbol akademiyalarida faoliyat ko‘rsatgani e’tiborga molik. Hozirda mutaxassislar 126 ta bolalar jamoasida faoliyat olib bormoqda.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Vaqti kelib Xitoy futboli oldinga sezilarli qadam tashlasa, bunga shunchaki tasodif sifatida qaralmaydi. Chunki mamlakat futbolni rivojlantirishning eng tezkor va shu bilan birga juda qimmat yo‘lini o‘ziga ep ko‘rib bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    08.01.2017, 16:11   Izoh (0)   12130
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odil Ahmedov bilan 2001-yildan beri bir xilda suratga tushadigan Yoqub Ahmedov ukasiga “qayerda o‘ynasa ham, sog‘-salomat yurishni” tiladi

    02.01.2017, 18:49

    Odil Ahmedovni sotgan klublar hech qachon zarar ko‘rmagan. Futbolchining barcha transferlari — bitta suratda

    30.12.2016, 19:09

    Samvel Babayan O‘zbekiston milliy termasi sardori Odil Ahmedovning Xitoy klubiga o‘tganini rad etdi

    29.12.2016, 18:56

    Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi

    28.12.2016, 21:29

    Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Managuadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kaltaklandi

    25.12.2016, 16:52

    Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi

    23.12.2016, 01:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.