Madridning “Real” jamoasi futbolchilari FIFA 17 simulyatoridagi jarima zarbalarini real hayotda takrorlashga urindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Qiziqarli tajribada Xames Rodriges, Karim Benzema, Daniel Karvaxal, Keylor Navas, Lukas Vaskes, Marko Asensio va Rafael Varan ishtirok etdi.
“Real” vakillari ikki jamoaga – ispaniyaliklar va jahon futbolchilariga bo‘lindi. Jarima zarbalaridagi ochkolar FIFA 17 simulyatoridagi qoidalar bo‘yicha berildi.
Har bir futbolchi uch martadan zarba berdi. Natijada ispaniyalik futbolchilardan tashkil topgan jamoa uchinchi darvozabon Ruben Yanyesning so‘nggi urinishdagi aniq zarbasi evaziga zafar quchdi.
Biroq individual natijalarga ko‘ra Xames Rodriges barchadan ko‘p ochko to‘pladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)