Mosulni 5 kun mobaynida (29 dekabrdan 3-yanvargacha) shahar istilosi bo‘yicha operatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlangani sababli 13 mingdan ortiq kishi tark etdi. Bu haqda BMT matbuot kotibi Stafan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Har kuni shaharni tark etayotgan kishilarning o‘rtacha soni harbiy operatsiya jadallashganidan beri 50 foizga oshdi. Mosuldan har kuni 1,6 mingdan 2,3 minggacha bo‘lgan odam chiqib ketmoqda. Shaharning jangarilardan ozod qilingan sharqiy qismlariga gumanitar yordam yetkazilmoqda.Ma’lumot uchun, Iroqda Mosulni ishg‘ol qilish bo‘yicha harbiy operatsiya boshlangan 2016-yil 17-oktabrdan beri shaharni 130 mingga yaqin kishi tark etdi.Stafan Dyujarrik
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)