Iroqning Ramadi shahrida xudkush o‘zini portlatib yuborishi tufayli kamida bir kishi halok bo‘ldi va bir kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Terrorchi 3-yanvar, seshanba kuni shahar nazorat-o‘tkazish punktida o‘zini portlatib yuborgan.
Ma’lumot uchun, 2014-yilda IShID tomonidan egallab olingan Ramadi bir yil avval jangarilardan ozod qilingandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)