Janubiy Koreya rasmiylari Italiyaning Fincantieri kompaniyasi tomonidan Sen-Nazerdagi (Fransiya) kemasozlik korxonalari xarid qilinishini ma’qulladi. Seuldagi savdo sudi tegishli qaror qabul qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Hozirda Sen-Nazerdagi kemasozlik korxonalari aksiyalarining uchdan ikki qismi Janubiy Koreyaning STX kemasozlik konserni, qolgani esa Fransiya hukumatiga tegishli. 2016-yil mayida bir necha yil davomida zarar ko‘rib kelgan STX o‘zini kasodga uchraganini e’lon qildi va Sen-Nazerdagi aksiyalarini sotuvga qo‘ydi.
Fransiya g‘arbida joylashgan va Rossiyaga yetkazib berilmagan “Mistral” vertolyot tashuvchilarini tayyorlagani bilan tanilgan kemasozlik korxonalarini xarid qilishga bir necha yirik kompaniya qiziqish bildirdi, biroq faqat Fincantieri rasman talabnoma berdi hamda STX tomonidan e’lon qilingan tenderda g‘olib chiqdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)