Indoneziya bugun, 4-yanvar kuni Avstraliya bilan ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni to‘xtatdi, deya xabar bermoqda “TASS” Indoneziya mudofaa vazirligi rasmiy vakiliga tayanib.
U qabul qilingan qarorni “har qanday ikki tomonlama harbiy hamkorlik uchun xos bo‘lgan yuksalishlar va tushkunliklar keltirib chiqargan texnik sabablar” bilan izohladi.
Shu bilan bir vaqtda, Avstraliya telekompaniyasi Indoneziya OAVlari ma’lumotlarini keltirmoqda, ularga ko‘ra, hamkorlikning to‘xtatilishi aslida Jakartaning Pertdagi Avstraliya harbiy bazasida yuz bergan hodisaga qarshiligi belgisidir.
U yerda mashg‘ulotlar o‘tkazgan Indoneziya maxsus topshiriqli bo‘linmalari askarlari ushbu bazada Pancha Sila — “adolat va gullab-yashnash” jamiyatini barpo etishning Indoneziya modelining beshta tamoyiliga nisbatan haqoratli mazmunga ega materiallarni ko‘rib, g‘azablangan edi.
Avstraliya mudofaa vazirligi bu mavzuda izoh berganicha yo‘q.
Izoh (0)