• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Foto: Xitoy chempionatida to‘p surgan o‘zbekistonlik barcha futbolchilar

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiyaning “Krasnodar” klubidan Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasiga o‘tdi.

    Odil Ahmedov Xitoy chempionatida to‘p suradigan eng mashhur o‘zbekistonlik futbolchi, lekin birinchisi emas. 2009-yildan beri Xitoy futbolining oliy divizionida kamida 17 nafar o‘zbekistonlik to‘p surgan — Odil bu borada o‘n sakkizinchi!

    Aleksandr Kletskov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    O‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham jalb etilgan bu himoyachi 2009-yili “Paxtakor”dan Xitoyning “Jiangsu Seynti” klubiga o‘tgan. Bir yildan so‘ng esa “Paxtakor” uni “Tianjin Teda” jamoasiga pullagan.

    Aleksey Nikolayev

    Foto: Championat.asia

    Foto: Championat.asia
    2009-yilgi mavsum “Bunyodkor”dan bir futbolchi Xitoyga ketgan. “Shenchjen Rubi” klubi himoyachi Aleksey Nikolayevga qiziqish bildirgan. Biroq uning Uzoq Sharqdagi faoliyati yodda qolarli chiqqan emas.

    Sadriddin Abdullayev

    Sadriddin Abdullayev — 7-raqamda. Foto: Google Images

    Sadriddin Abdullayev — 7-raqamda. Foto: Google Images
    “Paxtakor” Xitoy klublarining O‘zbekistondagi asosiy futbolchi yetkazib beruvchisidir. 2009-yil yarim himoyachi Sadriddin Abdullayev ham Chin o‘lkasini aylanib kelgan. Ayni vaqtda Anzur Ismoilov harakat qilayotgan “Chanchung Yatai” O‘zbekistonni birinchi bo‘lib Sadriddin Abdullayev orqali kashf etgan edi.

    Zayniddin Tojiyev

    Zayniddin Tojiyev — 10-raqamda. Foto: Google Images

    Zayniddin Tojiyev — 10-raqamda. Foto: Google Images
    “Paxtakor” Kletskovni “Jiangsu Seynti” klubiga bergan 2009-yilda Zayniddin Tojiyevni “Tianjin Teda” klubiga qo‘yib yuborgan edi. Vaqtida nafaqat ismi, balki o‘yini sabab fransiyalik Zidanga qiyoslangan hujumchi Xitoyda ko‘p ushlanib qolmagan.

    Farhod Tojiyev

    Farhod Tojiyev — 10-raqamda. Foto: Google Images

    Farhod Tojiyev — 10-raqamda. Foto: Google Images
    “Tianjin Teda”da 2010-yili Tojiyevlarning kichigi ham to‘p surgan. JCh—2010 saralashida Qatar darvozasiga bir o‘zi uchta gol urgan futbolchi chet el klublarining qiziqishiga sabab bo‘lishi aniq edi.

    Asqar Jadigerov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Bir vaqtlar “Andijon” klubi yuragi sanalgan Asqar Jadigerov “Paxtakor”da paydo bo‘ldi. 2010-yili esa Toshkent klubi uni Xitoyning “Nanchang Xengyuan” jamoasiga jo‘natgan. Jadigerov — “Xitoyda o‘ynab ketolmagan o‘zbekistonliklar” nomli norasmiy klub a’zolaridan.

    Islom Inomov

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Islom Inomov yarim mavsum Xitoyda ishlagan o‘zbekistonlik futbolchilardan yana biri. U 2010-yilning yarmini “Nasaf”da o‘tkazib, yozda “Liaoning Vovin” klubi bilan shartnoma tuzgan va Xitoy chempionatida 13 o‘yinda maydonga tushgan. So‘ng, 2011-yilni “Bunyodkor” futbolchisi sifatida boshlagan.

    Anzur Ismoilov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Anzur Ismoilov — Xitoy chempionatida rostmana o‘ynab keta olgan hozircha yagona o‘zbekistonlik, deyilsa xato bo‘lmaydi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi 2011-yildan beri “Changchun Yatai”da va jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisidir.

    Eldor Magdeyev

    Eldor Magdeyev — 20-raqamda. Foto: Google Images

    Eldor Magdeyev — 20-raqamda. Foto: Google Images
    So‘nggi yillarda o‘zi uchun O‘zbekistondan ham klub topishi qiyin bo‘lib qolgan Eldor Magdeyev 2011-yil Xitoyda, “Sindao Jonun” klubida o‘ynagan. Ijaradagi 11 o‘yindan so‘ng, u yana “Paxtakor”ga qaytgan.

    Murod Xolmuhamedov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    So‘nggi mavsumlarini Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida o‘tkazgan Murod Xolmuhamedov Xitoy klublari bilan juda mustahkam aloqalarga ega “Paxtakor” agentlari yordamida 2011-yil “Dalyan Shayd” a’zosiga aylangan edi.

    Kamoliddin Tojiyev

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Bir oilaning uch vakili Xitoyda to‘p surishi — ajoyib holat. Avval akasi (Zayniddin Tojiyev)ni, keyinroq esa ukasi (Farhod Tojiyev)ni Toshkentdan Xitoyga kuzatgan Kamoliddin Tojiyev 2011-yili o‘zi safarga otlandi va “Jiangsu Seynti” futbolchisiga aylandi. Xitoydagi faoliyati bir yilga ham yetmagan aka-ukalaridan farqli ravishda, o‘rtancha Tojiyev 2013-yilga qadar legioner maqomini saqlab qola olgan.

    Aziz Ibragimov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Slovakiya va Chexiya chempionatlarida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi Aziz Ibragimov 2011-yili Xitoyga yo‘l oldi. U “Sindao Jonun”da ikki yil davomida 39 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va Xitoyda nisbatan yaxshi o‘yin ko‘rsatgan o‘zbekistonliklardan biridir.

    Yegor Krimets

    Yegor Krimets — 2-raqamda. Foto: Google Images

    Yegor Krimets — 2-raqamda. Foto: Google Images
    Hozirgi O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkib o‘yinchilaridan biri hisoblangan “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi 2013-yili ham “Beyjing Goan”da ijarada bo‘lib qaytgan edi, 2016-yili esa xitoyliklar uni yana ijaraga olishdi — bu safar ikki yilga.

    Shavkat Mullajonov

    Shavkat Mullajonov — 3-raqamda. Foto: Google Images

    Shavkat Mullajonov — 3-raqamda. Foto: Google Images
    O‘zi uchun juda muvaffaqiyatli kechgan Osiyo Kubogi—2011 dan keyin legioner futbolchiga aylangan Shavkat Mullajonov, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi sermahsul faoliyatidan so‘ng, 2013-yili Xitoyning “Liaoning Vovin” jamoasida ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi, lekin bu mamlakatda bir yildan ortiq ushlanib ham qolmadi.

    Sherzod Karimov

    Sherzod Karimov — 8-raqamda. Foto: Championat.asia

    Sherzod Karimov — 8-raqamda. Foto: Championat.asia
    Xitoyda “yarim mavsumlik xizmat safari”da bo‘lib qaytgan “paxtakorchilar”dan yana biri — “Sindao Jonun” safida 2013-yil olti o‘yinda maydonga tushgan. Yarim himoyachi hozir ham “Paxtakor” a’zosi hisoblanadi.

    Artyom Filiposyan

    Artom Filiposyan — 5-raqamda. Foto: Google Images

    Artom Filiposyan — 5-raqamda. Foto: Google Images
    Ma’lum muddat O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham jalb etilgan himoyachi “Bunyodkor”dagi ikki yillik faoliyatidan so‘ng 2014-yili yarim mavsum Xitoyning “Liaoning Vovin” jamoasida o‘ynab qaytdi.

    Igor Sergeyev

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘zgarmas “birinchi raqamli hujumchi”si 2016-yilning yozida “Paxtakor” tomonidan “Beyjing Goan”ga ijaraga berildi, dekabrda esa yana Toshkent jamoasiga qaytdi.

    Odil Ahmedov

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Anzur Ismoilovni hisobga olmasa, Xitoy klublari hech bir sinovsiz, o‘zi talabgir bo‘lib sotib olgan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi — Odil Ahmedov. Braziliyalik Xalk uchun 55,8 million yevro, boshqa bir braziliyalik — Oskar uchun 60 million funt-sterling to‘lagan “Shanxay SIPG”, norasmiy xabarlarga ko‘ra, Odil Ahmedov uchun Rossiyaning “Krasnodar” jamoasiga 7 million yevro to‘lagan.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    31.12.2016, 09:19   Izoh (0)   19066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odil Ahmedovni sotgan klublar hech qachon zarar ko‘rmagan. Futbolchining barcha transferlari — bitta suratda

    30.12.2016, 19:09

    Samvel Babayan O‘zbekiston milliy termasi sardori Odil Ahmedovning Xitoy klubiga o‘tganini rad etdi

    29.12.2016, 18:56

    Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi

    28.12.2016, 21:29

    Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Managuadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kaltaklandi

    25.12.2016, 16:52

    Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi

    23.12.2016, 01:35

    “Bavariya” yarim himoyachisi reklama devoridagi Santa-Klausga to‘p uzatdi

    22.12.2016, 19:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 14 iyul, 02:39

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.