“Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara “RB Leypsig”ga qarshi o‘yinda maydon yoqasidagi reklama devori bo‘ylab “yugurib o‘tgan” Santa-Klausga to‘p oshirdi.
Meduza’ning yozishicha, katta ehtimol bilan, futbolchi ko‘z qiri bilan qizil libosdagi odamni ko‘rib, Santani o‘zining klubdoshi deb o‘ylagan.
https://twitter.com/FootballFunnys/status/811684215779655680
“Bavariya” — “RB Leypsig” uchrashuvi 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. O‘yin 3:0 hisobida “Bavariya” g‘alabasi bilan tugadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)