Ko‘mirni qayta ishlab suyuq yoqilg‘i olish bo‘yicha dunyodagi eng yirik zavod 28-dekabr, chorshanba kuni Xitoyning Ninsya-Xuey muxtor tumanida ish boshladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ushbu loyiha davlatga tegishli Shunhua Group kompaniyasining sho‘ba korxonalaridan biri tomonidan amalga oshirilish chog‘ida Xitoy uskunalari va materiallari ishlatildi, bu CTL texnologiyasi bo‘yicha uzoq vaqt davom etgan xorijiy monopoliyani yengib o‘tish imkonini berdi.
Ushbu loyihaga taxminan 55 milliard yuan (7,9 milliard dollar) investitsiya kiritildi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 20 million tonna ko‘mirni qayta ishlab, 4 million tonna neft mahsulotlari, shu jumladan, 2,7 million tonna dizel yoqilg‘isi, 980 ming tonna ligroin (maxsus erituvchi benzin) va 340 ming tonna suyultirilgan gaz olish imkoniyatini taqdim etadi.
Izoh (0)