Rossiyalik xakerlarning Fancy Bear sifatida mashhur bo‘lgan APT28 guruhi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ga kiberhujumni amalga oshirgan, deya xabar bermoqda “RBK”.
YeXHT kiberhujumga uchraganini tashkilotning rasmiy vakili tasdiqladi. “Hujum uyushtirilganini biz noyabr boshida aniqladik”, — dedi u YeXHT kompyuter tizimi ayni paytda xavfsizlikda ekanligi, xodimlar esa yangi xavfsizlik tizimlari va parollar bilan ta’minlanganligini ta’kidlar ekan.
YeXHT rasmiy vakili APT28 ning hujumga aloqadorligi haqidagi taxminlar ularga ma’lum ekanligini, ammo tekshiruv o‘tkazish uchun yetarlicha kuchi yo‘qligini aytdi. “Biz bu mavzuda taxmin qilishni istamaymiz”, — deya qayd etdi u.
Izoh (0)