Rossiyaning Tu-154 samolyoti halokatidan so‘ng prezident Vladimir Putin Kremldagi Yangi yil qabuli formatini o‘zgartirdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
“Yaqinda bizda qanday fojia yuz berganini bilasiz. Shu sababli men Yangi yil sharafiga o‘tkaziladigan an’anaviy qabul marosimini o‘zgartirmoqchiman, u endi ishchi xarakterga ega bo‘ladi”, — dedi Putin.
U, shuningdek, Xavfsizlik kengashida o‘z hamkasblari bilan “bu yil nima qilingani va endi nima qilish kerakligi” haqida muhokama o‘tkazganini ta’kidladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Xavfsizlik kengashidagilar “o‘tayotgan yil ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimi borasida 2015-yilga nisbatan murakkabroq bo‘ldi” degan fikrga kelgan.
25-dekabr kuni tongida Rossiyaning Adleridan Suriyaning Latakiya shahriga uchayotgan Rossiya Mudofaa vazirligi samolyoti qulagani ma’lum bo‘ldi. Tu-154 ning bortida 92 kishi, xususan, 84 yo‘lovchi va ekipajning sakkiz a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)