Rossiyaning Irkutsk viloyati ijtimoiy rivojlanish va vasiylik vazirligi viloyatda “Boyarishnik” suyuqligidan ommaviy zaharlanish natijasida sakkiz nafar bola yetim bo‘lib qolganini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ulardan besh nafarining oilalari ko‘ngildagidek bo‘lmagan, bolalar vasiylari bilan birga yashagan va bundan buyog‘iga ham ular bilan yashaydi. Yana ikki bola o‘z buvilari bilan qolgan bo‘lib, ularga keyinchalik vasiylik huquqi rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, yana bir bola hozircha bolalar uyiga joylashtirilgan, uni asrab oladigan oila qidirilmoqda.
Rossiyaning Irkutsk viloyatida 17-dekabrdan 23-dekabrga qadar 120 dan ortiq fuqaro tarkibida spirt bo‘lgan “Boyarishnik” soxta konsentratidan zaharlandi.
Izoh (0)