Pokiston moliya vazirligi avvalroq hukumat 5 ming rupiyalik eng yirik banknotani muomaladan chiqarishi haqida paydo bo‘lgan xabarlarni rad etdi, deb yozadi “TASS”.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, muassasa bunday qaror uchun zaruriyatni ko‘rmayapti.
“5 ming rupiyalik banknotaning muomaladan chiqarilishi tijorat faoliyatidagi hisob-kitoblar samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazadi va odamlar uchun jiddiy noqulayliklar va xavotirlar manbasiga aylanadi”, — deyiladi bayonotda.
Moliya vazirligi ta’kidlashicha, 5 ming rupiya (47,7 dollar) unchalik yirik summa emas, u 100 dollar, 200 yevro yoki 50 funt sterlingdan kamroq. 2015—16-yillarda mamlakatda bosib chiqarilgan banknotalarning 17 foizigina besh minglik kupyuralar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)