Hindistonning Goa shtatida Jet Airways aviakompaniyasi samolyoti uchish-qo‘nish maydoni chetiga chiqib ketdi. Havo kemasidan evakuatsiya qilish davomida 12 kishi yaralandi. Bu haqda aviakompaniyaning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Hodisa 27-dekabr, seshanba kuni Dabolim xalqaro aeroportida ro‘y berdi. Mumbayga yo‘l olgan va bortida 154 yo‘lovchi, 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan layner parvozga tayyorgarlik jarayonida maydondan chiqib ketdi.
Bortda bo‘lganlarning barchasi evakuatsiya qilindi, jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)