“Tolibon” harakati Afg‘onistonning Farax shahridagi (shu nomli viloyat ma’muriy markazi) nazorat-o‘tkazish punktiga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jangarilar punktdagi qurol-yarog‘ni o‘zi bilan olib ketgani bildirilmoqda.
“Sinxua” agentligining norasmiy manbalariga ko‘ra, kuch tizimi xodimlarining jangarilar bilan otishmasi davomida 11 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)