• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    2000-yildan buyon Tu-154 samolyotlari necha marta halokatga uchragan?

    Bugun, 25-dekabr kuni Sochi shahri yaqinida Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti quladi. Uning bortida 92 kishi — san’atkorlar, OAV vakillari va harbiy xizmatchilar bo‘lib, ular Rossiya havo-kosmik kuchlarining Hmeymimdagi aviabazasiga yo‘l olgan edi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Mazkur fojia munosabati bilan “TASS” agentligi 2000-yildan buyon kuzatilgan Tu-154 samolyotlarining qulashi bilan bog‘liq o‘nta voqeani esga oldi.

    2001-yilning 4-iyulida “Vladivostok Avia” kompaniyasining Tu-154M yo‘lovchi samolyoti (bort raqami — RA-85845) Yekaterinburg–Irkutsk–Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha DD 352 reysini amalga oshirayotganida Irkutsk aeroportiga qo‘nishga urinish paytida halokatga uchradi. Bortda bo‘lgan 145 kishi — 136 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Halokat sababi — ekipajda o‘zaro hamkorlikning buzilishi bois boshqaruvning izdan chiqishi.

    2001-yil 4-oktabrida “Sibir” (bugungi S7 Airlines brendi) aviakompaniyasining Tu-154M (bort raqami — RA-85693) yo‘lovchi samolyoti 1812 Tel-Aviv–Novosibirsk reysini amalga oshirish chog‘ida Qora dengiz ustida, Sochidan 200 kilometr janubi-g‘arbda halokatga uchradi. Bortda bo‘lgan 78 kishi — 66 nafar yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi taftishi natijalariga ko‘ra, samolyotga Ukrainaning S-200 zenit-raketa kompleksining harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida uchirilgan raketasi tegib ketgan. Ukraina fojia uchun yuridik javobgarlikni rasman tan olgan emas.

    2002-yil 12-fevralida Eronning Xurramobod shahri aeroportidan 20 kilometr narida Iran Airtour aviakompaniyasining IRB956 reysini amalga oshirayotgan Tu-154M (bort raqami — EP-MBS) samolyoti halokatga uchradi. Tehrondan kelayotgan samolyot murakkab ob-havo sharoitida 2773 kilometr balandlikda Ko‘hi Safid tog‘iga urildi. Bortda bo‘lgan 119 kishi — 107 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.

    2002-yil 1-iyulida Boden ko‘li ustida (Yuberlingen shahri, Germaniya) aviadispetcherning xatosi tufayli “Bashkirskiye avialinii” kompaniyasining (Rossiya) VTS 2937 Moskva–Barselona reysini amalga oshirayotgan Tu-154M (bort raqami — RA-85816) yo‘lovchi samolyoti Germaniyaning DHL kompaniyasiga tegishli, Bahrayndan Bryusselga DHX 611 yuk reysini amalga oshirayotgan Boeing 757-23APF (bort raqami — A9C-DHL) transport samolyoti bilan to‘qnashib ketdi. Samolyotlar bortida bo‘lgan barcha odam — 71 kishi, shu jumladan, DHL’ning ikki uchuvchisi va Rossiya samolyotidagi 69 kishi (ularning 52 nafari — Ispaniyaga dam olishga ketayotgan bolalar) halok bo‘ldi. 2004-yil 24-fevralida to‘qnashgan samolyotlarni yo‘naltirgan aviadispetcher Piter Nilsen halokatda rafiqasi va ikki bolasidan ayrilgan me’mor Vitaliy Kaloyev tomonidan o‘ldirildi.

    2006-yil 22-avgustida “Pulkovo” aviakompaniyasining 612 Anapa–Sankt-Peterburg reysini amalga oshirayotgan Tu-154M (bort raqami — RA-85185) yo‘lovchi samolyoti Suxaya Balka qishlog‘i (Donetsk viloyati, Ukraina) yaqinida quladi. 160 yo‘lovchi va o‘n nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.

    2006-yil 1-sentabrda Iran Airtour aviakompaniyasining Tu-154M (bort raqami — EM-MCF) yo‘lovchi samolyoti Eronning Mashhad shahri aeroportida qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Bandar-Abbosdan kelayotgan samolyot yerga tekkanda old shassidagi nuqson tufayli samolyot uchish-qo‘nish tasmasidan tashqariga chiqib ketib, olov oldi. Bortda bo‘lgan 148 kishidan (137 yo‘lovchi va 11 nafar ekipaj a’zosi) 28 nafari halok bo‘ldi.

    2009-yilning 15-iyul kuni Eronning Caspian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Tu-154M (bort raqami — EP-CPG) yo‘lovchi samolyoti 7908 Tehron–Yerevan reysi bo‘ylab parvoz qilayotganida Qazvin shahri yaqinidagi Jannatobod qishlog‘ida quladi. Dispetcherlar ma’lumotiga qaraganda, samolyot balandlikka ko‘tarilishni to‘xtatib, 270 darajaga aylangan va 1,5 daqiqa davomida qulagan. Bortda bo‘lgan 168 kishi — 15 nafar ekipaj a’zosi va 153 yo‘lovchi halok bo‘ldi. Qurbonlarning besh nafari Armaniston fuqarolari, qolganlar esa eronliklar edi.

    2010-yil 10-aprelida Polsha harbiy-havo kuchlarining Tu-154M samolyoti “Smolensk–Severniy” aerodromiga (Rossiya) qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi. Samolyot bortida Polsha prezidenti Lex Kachinskiy hamda Polsha siyosiy va harbiy rahbariyati vakillari bor edi. Ular Katin qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan motam marosimiga kelayotgan edi. 89 yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosidan hech kim omon qolmadi.

    2010-yil 4-dekabrda “Dagestanskiye avialinii” kompaniyasiga tegishli, YuX372 Moskva–Maxachqal’a reysini amalga oshirayotgan Tu-154M (bort raqami — RA-85744) yo‘lovchi samolyoti Moskvaning “Domodedovo” aeroporti uchish-qo‘nish tasmasidan chiqib ketdi. Bortda bo‘lgan 171 kishidan (163 yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi) ikki nafari halok bo‘ldi.

    2011-yil 1-yanvarida Rossiyaning Kolavia aviakompaniyasiga tegishli, 348 Surgut–Moskva reysi bo‘yicha uchayotgan Tu-154B-2 (bort raqami — RA-85588) yo‘lovchi samolyoti Surgut aeroportida yerdan yurish paytida olov oldi. 134 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari evakuatsiya qilindi. Uch kishi halok bo‘ldi, qirqqa yaqin odam yaralandi. Layner butunlay yonib ketdi.

    25.12.2016, 16:19   Izoh (0)   19618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida Termizda tug‘ilgan dirijor va bastakor Valeriy Xalilov bo‘lgani ma’lum qilindi

    25.12.2016, 15:50

    Tu-154 ning Qora dengizga qulashi oqibatida Doktor Liza halok bo‘lgan. Buni uning turmush o‘rtog‘i tasdiqladi (video)

    25.12.2016, 15:50

    Ahmad hoji Qodirov fondi Suriyaga 80 tonna oziq-ovqat mahsuloti jo‘natdi

    25.12.2016, 15:42

    Putin Tu-154 aviahalokati munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    25.12.2016, 15:16

    Qora dengizga qulagan Tu-154 da parvoz qilgan ashula va raqs ansambli Aleppoda konsert berishi kerak bo‘lgan

    25.12.2016, 15:08

    Xavfsizlik Kengashi Isroildan bosib olingan hududlarda manzilgohlar barpo etishni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi

    25.12.2016, 15:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.