Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishi mamlakatga hujum uyushtirish bilan tengdir. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
“Vladimir Putin amalga oshirilgan provokatsiyani qat’iyan qoraladi. Uni terakt sifatida, insoniy fojia sifatida baholadi, shu bois prezident uchun bu o‘ta og‘ir, hissiyotli yangilik bo‘ldi. Elchiga hujum — mamlakatga hujum demak”, — dedi u.
Shu bilan birga, Putin provokatorlar o‘z maqsadiga erishmasligi uchun barcha ishni qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Izoh (0)