Kolumbiyada 20-dekabr kuni Puerto-Karreno aeroportidan ko‘tarilish chog‘ida Boeing 727 yuk samolyoti halokatga uchradi. Halokatda 3 kishi halok bo‘ldi va ikki kishi jarohatlandi. Qutqaruvchilar ekipajning bir a’zosini qidirmoqda, deya xabar bermoqda TJournal.
Guvohlar laynerni parvoz jarayonini videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. Rolikda havo kemasi qiyinchilik bilan ko‘kka ko‘tarilayotgani va to‘siqlardan juda past uchib o‘tayotgani tasvirlangan.
Bundan uzunroq videoga samolyot osmonga ko‘tarilgani, biroq deyarli shu onning o‘zida yerga qulagani va yonib ketgani tasvirlangan.
Hozircha samolyot nega balandlikka ko‘tarilmagani va qulagani yuzasidan hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aeroportda havo kemasiga haddan ortiq yuk yuklangan va uchuvchi parvoz maydoni masofasini hisobga olmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)