AQShda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Tomas Shelling 95 yoshida vafot etdi, deb yozadi “RBK”.
Shelling 13-dekabr kuni Merilend shtati Betesda shahridagi uyida hayotdan ko‘z yumdi. Iqtisodchining o‘limini uning sobiq talabasi va hamkasbi Richard Zekxauzer tasdiqladi.
Shelling 1921-yil 14-aprelda tug‘ilgan. U Merilend universiteti professori bo‘lgan. 1977-yilda siyosiy iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi uchun Frenk Seydman mukofotini qo‘lga kiritgan. 1991-yilda Amerika iqtisodiy uyushmasi prezidentiga aylangan. 2005-yilda “O‘yinlar nazariyasi doirasida tahlil yordamida ziddiyat va kooperatsiya muammolarini tushunishni kengaytirish” ilmiy ishi uchun Nobel mukofotiga loyiq deb topildi.
Izoh (0)