Qozog‘iston va Isroil to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni tiklaydi va vizasiz tartibni joriy etish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralari yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazakhstan Today.
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni tiklash va mamlakatlarimiz o‘rtasida vizasiz tartibni joriy etish masalasini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bunday choralar ikki tomonlama biznes-aloqalar va turizm sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga ko‘mak berishi lozim”, — deya ta’kidladi Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati Nazarboyev va Netanyaxu muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy masalalarga alohida e’tibor qaratganini bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 14-dekabr, chorshanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Qozog‘iston va umuman Markaziy Osiyoga ilk rasmiy tashrif bilan keldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)