Daryo

Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi 

Tailand askarlari egallangan hududga milliy bayroqni o‘rnatishgan

1 daqiqa o‘qish7 329 ko‘rishlar0 izoh0

Tailand qurolli kuchlari Kambodja bilan chegaradagi bahsli hudud hisoblangan Pxu Ma Kua cho‘qqisi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Tailandning The Nation nashri xabar bermoqda.

Foto: The Nation

Ma’lum qilinishicha, Tailand bo‘linmalari Kambodja mudofaa chizig‘idan 300 metr ichkariga kirib, Ta Taxav qishlog‘iga yaqinlashgan.

Tailand Qirollik armiyasi (RTATrend)ning xabar berishicha, Kambodja qo‘shinlarining hududni qaytarib olishga so‘nggi urinishi yarim tunda sodir bo‘lgan, biroq bu harakat bartaraf etilgan. Hujumlar davom etishiga qaramay, Tailand kuchlari o‘z mavqelarini saqlab qolishga erishgan.

Ertalabga kelib armiya Pxu Ma Kua cho‘qqisidagi vaziyat to‘liq barqarorlashganini ma’lum qildi. Tailand askarlari milliy bayroqni o‘rnatishgan.

“Biz hech kimning hududimizga daxl qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deya ta’kidlangan bayonotda.

24-iyul kuni Tailand va Kambodja harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Tailand rasmiylarining ta’kidlashicha, Kambodjaning 6 nafar qurollangan askari mamlakat chegarasiga yaqinlashgan. Oradan ko‘p o‘tmay, havoda dronlar ham paydo bo‘lgan. Tailandliklar vaziyatni yumshatish uchun ularga ogohlantirish bergani, biroq Kambodja tomoni bunga o‘t ochish bilan javob qaytarganini da’vo qildi.

Ushbu to‘qnashuvlardan oldinroq Tailand elchixonasi ehtimoliy mojaro sabab o‘z fuqarolarini Kambodjani tark etishga chaqirgan edi. Bundan tashqari, mamlakatning Kambodjadagi elchisi ham 23-iyul kuni ortga chaqirib olingandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar