Jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tasnishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming dollar talab qilgan advokat qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lgan.
Jinoyatchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan. aAyni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)