Google kompaniyasiga tegishli YouTube videoxostingi AQSh Shimoliy Koreya tuzumiga nisbatan joriy etgan sanksiyalarga rioya etilmaslik xavfidan KXDR davlat televideniyesi sahifasini blokirovka qildi. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Videokanal nafaqat mazmuni, balki undagi reklama yordamida KXDR pul ishlab topishi mumkinligidan kelib chiqib yopib qo‘yilgani bildirilmoqda. Gazeta YouTube’dagi kanal bir oy avval yopilganini taxmin qilmoqda.
YouTube’dagi mazkur kanal yangiliklar, targ‘ibot ko‘rsatuvlari va shoshilinch xabarlar translyatsiyasi uchun foydalanilardi. Uning yopilishi haqidagi qaror KXDR harakatlari to‘g‘risidagi axborot manbalari sonini qisqartirgani sababli tahlilchilar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)