Kreml Janubiy Kuril orollari Yaponiyaga berilgan taqdirda u yerda AQSh harbiy bazalari joylashtirilishi ehtimoli haqidagi ma’lumotlarga izoh bermaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Peskov buni Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning yaponiyalik hamkasbi Setaro Yati bilan uchrashuvi yopiq bo‘lgani bilan izohladi.
“Biz uchrashuvlar mazmunini oshkor etish bilan shug‘ullanmaymiz”, — deya ta’kidladi matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yati Patrushev bilan Moskvadagi uchrashuvi chog‘ida orollarda AQSh bazalari joylashtirilishi ehtimoli haqida xabardor qilgani bildirilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)