Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Qozog‘istonga 14-dekabr, chorshanba kuniga mo‘ljallangan tashrifi davomida muhim kelishuvlar imzolanadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur tashrif Netanyaxuning Qozog‘iston va umuman Markaziy Osiyoga birinchi kelishi. U prezident Nursulton Nazarboyev bilan muzokaralar o‘tkazishi va hamkorlikdagi biznes-forumda ishtirok etishi kutilmoqda.
Kelishuvlar qatorida fuqarolik aviatsiyasi va davlat xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikka oid hujjatlar bo‘lishi bildirilmoqda.
Ostonada bo‘lib o‘tadigan biznes-forumda Isroil tomonining o‘zidan 70 nafar tadbirkor ishtirok etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)