O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i (pdf) bilan Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Norma.
Bungacha amalda bo‘lgan Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxati o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan retseptsiz beriladigan dori vositalariga ushbu ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta’sir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.
Dori vositalarining o‘ramlari, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda berish tartibidan qat’i nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.
Hujjat 5-dekabrdan kuchga kirdi.
Izoh (0)