12-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi taqdim etildi. Bu taklif O‘zLiDePdan chiqdi.
2. Shavkat Mirziyoyev Istanbuldagi terakt munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt qurbonlari soni 44 kishiga yetgan.
3. O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi Mustaqillik maydoniga emas, “Anhor-Lokomotiv” parkiga o‘rnatiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi yil archasini o‘rnatish uchun yangi joyni hozirlash maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlarining suratlari paydo bo‘ldi.
4. Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
5. Oksana Chusovitina ketma-ket 7 Olimpiadada ishtirok etgan gimnastikachi ayol sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga rasman kiritildi. Bu haqda sportchi Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.