Financial Times xalqaro ishbilarmonlar gazetasi AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni yil odami deb atadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ushbu tanlovga izoh berilgan maqolada mualliflar Tramp “AQShda siyosat yuritish qoidalarini qayta yozib chiqishga muvaffaq bo‘lgani”ni qayd etdi.
“Trampni g‘alabaga yetaklagan yo‘lning eng mazmundor umumlashmasi uning tarafdorlari uni aynan emas, balki jiddiy qabul qilganidan iboratdir, OAVlar esa buning teskarisini qildi. U g‘alabaga erishgach esa, har biri ham unday, ham bunday qilyapti”, — deb yozadi gazeta.
Nashr eslatishicha, avvalroq Time jurnali ham Trampni yil odami deb tan olgan edi.
Izoh (0)