Afg‘oniston janubidagi Zabul viloyatida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
TOLOnews telekanaliga ko‘ra, hodisa 11-dekabr, yakshanba kuni Shinkay tumanida ro‘y berdi. Portlovchi qurilma yo‘l chetiga joylashtirilgan va mototsikl o‘tayotganida ishlab ketgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazildi.
Associated Press 12-dekabr, dushanba kuni Qandahor okruglaridan birida ham portlash yuz bergani va to‘rt kishi yaralanganini bildirdi. Ulardan ikki nafari og‘ir holatda ekani aytilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.