Serbiya NATO safiga qo‘shilish niyatida emas. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralari yakuni bo‘yicha ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar qabul qilmaymiz va NATOga a’zo bo‘lib kirmaymiz. Biroq, ayrim gazetalarimiz yozayotganidek, Rossiya hech qachon bizga bosim o‘tkazmagan”, — deya ta’kidladi Dachich.
Sergey Lavrov mamlakat rahbariyati bilan uchrashish va Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun ayni paytda Serbiyada bo‘lib turibdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)