Ingushetiya tashqi aloqalar, milliy siyosat, matbuot va axborot vazirligi Pliyevo qishlog‘i madrasasida Qur’on hofizlari tanlovini o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Tadbir Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar tavallud kuniga ataldi. Tanlovda Qur’onning oxirgi juzi, suralar, oyatlar va tajvid tartibini bilgan barcha istovchilar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ingushetiyaning taniqli ulamolari a’zo bo‘lgan hay’at nafaqat muqaddas Kitobning yod olinishi, balki arab harflari va tovushlarining to‘g‘ri talaffuz etilishiga ham e’tibor berdi”, — deya ta’kidladi matbuot xizmati.
Tanlov davomida payg‘ambar (s.a.v.) hayotiga oid savollar ham berilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)