• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    2015–2016-yillarda Turkiyada amalga oshirilgan eng yirik teraktlar

    10-dekabr, shanba kuni taxminan 22:30 da (Toshkent vaqti bilan 11-dekabr 00:30 da) Istanbuldagi Vodafone Arena stadionining shimoli-g‘arbiy devori yonidan o‘tgan yo‘lda hamda arena yaqinidagi bog‘da portlashlar yuz berdi. Yo‘lda politsiya maxsus topshiriqli bo‘linmalari o‘tirgan avtobus yaqinida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina portlatib yuborildi. Bir necha soniyadan so‘ng boqqa xudkush terrorchi hujum qildi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 29 kishini tashkil qildi, ularning 27 nafari huquq-tartibot organlari xodimlaridir. 166 kishi jarohatlandi, ularning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda. Turkiya ichki ishlar vaziri teraktni tashkil qilishga aloqadorlikda gumonlanib 10 kishi hibsga olinganini bildirdi. Mamlakatda milliy motam e’lon qilindi.

    Ushbu qayg‘uli voqea munosabati bilan “TASS” 2015–2016-yillarda Turkiyada ro‘y bergan eng yirik teraktlarni yodga oldi.

    Ma’lumotlarga qaraganda, shu davr ichida mamlakatda jami 20 dan ortiq qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilgan bo‘lib, ularda 400 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

    2015-yil 20 iyulda Shonliurfa viloyatining Suruch shahrida (Suriya chegarasiga yaqin) sodir etilgan teraktda 32 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin odam jarohatlandi. Portlash yosh sotsialistlar jamiyatlari federatsiyasi vakillari istiqomat qiluvchi Amara madaniy markazi binosi kirishida ro‘y berdi. Sotsialistlar Suriyaning asosan kurdlar istiqomat qiladigan Kobani shahrini IShIDning bir necha oylik nazoratidan so‘ng qayta tiklashga yo‘l olayotgan edi. Teraktni 20 yoshli xudkush Abdurahmon Olago‘z sodir etgani aniqlandi. Shuningdek, Turkiya fuqarosi bo‘lmish yigit ilgari Suriyada IShID tarafida turib harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi.

    2015-yil 10-oktabrda Anqara markaziy temir yo‘l vokzaliga eltuvchi estakada yaqinida ikkita portlash amalga oshirildi. U yerda kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari vakillari tinchlik uchun hamda kurd terrorchilariga qarshi namoyish o‘tkazish maqsadida to‘planayotgan edi. Portlashlarni sodir etgan xudkushlarning har birida besh kilogrammdan trotil bo‘lgani aniqlandi. Mamlakat tarixidagi eng qonli deb tan olingan teraktda 102 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq odam tibbiyot xodimlaridan yordam oldi. Terakt ijrochilaridan biri Suruch portlashini uyushtirgan Abdurahmon Olago‘zning ukasi Yunus Emro Olago‘z edi.

    2016-yil 17-fevralda Anqarada Turkiya qurolli kuchlari xizmat avtobusi yaqinida minalashtirilgan mashina havoga uchirildi. 28 kishi halok bo‘ldi, 61 kishi jarohatlandi. Qurbonlarning aksariyati harbiy xizmatchilar edi. “Kurdiston ozodligi qirg‘iylari” radikal harakati terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.

    2016-yil 13-martda Anqaraning bosh ko‘chasi — Otaturk nomli xiyobon yaqinidagi avtobus bekatida minalashtirilgan avtomobil portlatib yuborildi. Buning oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi, 125 kishi jarohat oldi. IIV ma’lumotlariga qaraganda, terakt ijrochilari bo‘lgan ikki Turkiya fuqarosi Kurdiston ishchi partiyasiga aloqadordir. Ulardan biri — 1992-yilda tug‘ilgan Sahar Chag‘la Demir ismli qiz. “Kurdiston ozodligi qirg‘iylari” radikal harakati terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.

    2016-yil 28-iyunda Istanbuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroport yo‘lovchi terminalining turli qismlarida uch nafar xudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 45 kishi, shu jumladan, 19 nafar chet el fuqarosi halok bo‘ldi, 240 kishi yaralandi. Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala 30-iyun kuni parlamentdagi chiqishida dalillar terakt ijrochisi IShID guruhi ekanligini ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

    2016-yil 20-avgust kuni Turkiya janubidagi Gaziantep shahrida to‘y marosimi chog‘ida xudkushlik hujumi uyushtirildi. Halok bo‘lgan 57 kishidan 34 nafari bolalar va o‘smirlar edi. Xudkush 12–14 yoshlar atrofida edi.

    IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

    11.12.2016, 15:11   Izoh (0)   18521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Indoneziya politsiyasi prezident saroyini portlatish harakatining oldini oldi

    11.12.2016, 11:46

    BMT bosh kotibi Istanbulda sodir etilgan teraktlarni qoralab chiqdi

    11.12.2016, 10:59

    Bolgariyadagi temir yo‘l avariyasi qurbonlari soni 7 kishini tashkil etdi

    11.12.2016, 10:24

    Yamandagi harbiy bazada halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetdi

    11.12.2016, 10:19

    Nigeriyada cherkov tomi qulab tushdi, taxminan 200 kishi halok bo‘ldi

    11.12.2016, 09:55

    Stokgolmda Nobel mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    11.12.2016, 09:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.