Indoneziya politsiyasi maxsus bo‘linmasi Jakarta sharqidagi Bekasi manzilida mamlakat prezidenti saroyida portlash uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan uch nafar terrorchini qo‘lga oldi. Bu haqda poytaxt politsiyasi rasmiy vakili Raden Prabovo Argo Yuvono ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ular 11-dekabr, yakshanba kuni saroyda prezident qo‘riqchilarining qorovul almashish marosimi chog‘ida bomba portlatmoqchi bo‘lgan. Bombaga uch kilogramm kuchli TATP portlovchi qurilmasi joylashtirilgandi. Agar u harakatga keltirilganida, 300 metr radiusdagi barcha narsani vayron qilgan bo‘lardi”, — ta’kidladi Yuvono.
Milliy politsiya rasmiy vakili Avi Setiyonoga ko‘ra, qo‘lga olingan uch kishi IShID bilan bog‘liq Bahrun Naimning tuzilmasiga kirgan.
Ma’lumot uchun, Indoneziya prezidenti qarorgohi qorovul almashish marosimini ko‘rishni istaganlar uchun har oyning ikkinchi yakshanbasida ochiq bo‘ladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)