Bolgariyaning Shumen shahrida yuz bergan temir yo‘l avariyasi qurbonlari soni yetti kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat yong‘in xavfsizligi va aholi himoyasi boshqarmasi bosh komissari Nikolay Nikolov ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Oldinroq besh kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
“Afsuski, halok bo‘lganlar soni ko‘paydi va yetti kishiga yetdi. 29 kishi jarohat oldi, shifokorlar ulardan ayrimlarining holatini o‘ta og‘ir deb baholamoqda. Hodisa joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda”, — ta’kidladi Nikolov.
Temir yo‘l avariyasi qurbonlari xotirasiga 12-dekabr, dushanba mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qilinadi.
Izoh (0)